Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MATBUOT ANJUMANI

×

 2023-08-15 19:16:54    105

PDF yuklash
Chop etish


Matbuot anjumani

Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, taniqli jurnalistlar va blogerlar ishgtirokida tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan matbuot anjumani ham juda qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Dastavval, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha mehmonlarni qutlab, qalam ahli bilan o’tadigan har bir uchrashuv va samimiy suhbat sohalar taraqqiyotiga xolisona xizmat qilishini alohida ta'kidlab o’tdi.

Tumanda davlatimiz rahbari e'tibori asosida amalga oshirilgan keng ko’lamli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari, “inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan amaliy ishlar tuman ahli turmush farovonligiga xizmat qilayotgani, tuman rivojiga turtki bo’ladigan istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot berib, So’xda ochilmagan imkoniyatlar ko’lamini tahlil qilib bergan tuman hokimi jurnalistlar savollariga ham javob berdi. Tumanning salohiyatiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar, investitsion muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan rejalar, tumanda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga oid qilinayotgan va qilinadigan amaliy ishlar, chegara hududida yashovchi aholiga ayniqsa, nazorat-o’tkazish punktlarida sharoitlar yaratib berilishiga doir qilinayotgan harakatlar, Respublika hukumati va bevosita davlatimiz rahbari tomonidan aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan qarorlarning ijrosi, joylarda qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning sifatini jamoatchilik nazorati orqali nazoratga olish holati, Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga oid olib borilayotgan ishlarning ijrosi va boshqa masalalarga doir savollar berildi.

Aytish lozimki, So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojalanttirishga doir yangi loyihalar va “Yo’l xaritasi” ham tuzilgan va ushbu strategik rejalar haqida ham ishtirokchilarga ma'lumotlar yetkazildi. Qiziqarli va savol-javoblarga boy bo’lgan matbuot anjumanidan so’ng mehmonlar viloyatimiz markazi tomon yo’l oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram