AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLASH – DOLZARB MASALA
2023-08-15 19:13:58 161
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash – dolzarb masala
Bugun aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi kunning dolzarb muammosi sanaladi. Prezidentimizning 4978-sonli qarori asosida ushbu yo’nalishda boshlangan ishlar bugun tumanda davom etyapti.
Suv tarmog’i tortish va aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari “Yangi avlod qurilish invest” MChJ zimmasiga yuklatilgan. Tumandagi Obishirsoy massivida barpo etilgan suv to’plash inshootida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan jurnalistlar mazkur MChJ rahbari Murodjon Ahmedov bilan suhbatladilar.
O’rganishlar jarayonida obi hayot ne'matidan bahramand bo’lgan Hazrati Ali mahallasining Zarmiyon mavzesi aholisi ham jurnalistlar savollariga javob berishdi. Bugun mahallada 25 kub/metrli suv inshootidan mazkur mavzedagi aholi iste'mol qilishayotir.
Shuning barobarida, mehmonlar Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “So’x namunasi” tikuvchilik korxonasida bo’lishdi. Ushbu korxona “Yangi avlod qurilish invest” MChJ ga qarashli bo’lib, ayni kunda ushbu korxonada 100 nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta'minlangan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram