EKSPORTBOP MAHSULOTLAR KO’LAMI KENGAYMOQDA
2023-08-15 19:04:41 156
Eksportbop mahsulotlar ko’lami kengaymoqda
Tumanimizga tashrif buyurgan Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar dastavval, Devayron mahalla fuqarolar yig’inida barpo etilgan tikuvchilik korxonasida bo’lishdi. Korxona faoliyati bilan tanishish barobarida bu yerdagi shart-sharoitlar, tikuvchilarga yaratib berilgan qulayliklar ham mehmonlar tomonidan o’rganildi.
"AVI-LON-SO’X" MChJ da bugungi kunda 100 nafar ishsiz yosh ayollar ishlab kelmoqdalar. Jamiyat tomonidan bugungi kunda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmokda.
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 25 foizi ichki bozorga, 75 foizi qo’shni davlatlar - Rossiya Qozoqiston, Tojikiston va Qirg’izistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Joriy yilning avgust oyida mazkur korxona tomonidan 173.6 ming dollar tikuv mahsulotlari Rossiya federatsiyasiga eksport qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram