OFTOBRU MAHALALASI HUDUDIGA ICHIMLIK SUVI TARMOG’I TORTILMOQDA
2023-08-10 18:23:22 133
Oftobru mahalalasi hududiga ichimlik suvi tarmog’i tortilmoqda
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida bugun So’x tumanida amaliy ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda tumanning Sarikanda, Hazrati Ali, Sharqobod va tuman markazidagi mahalallarning bir qismiga obi hayot yetkazib berildi.
Barcha suv ta'minotiga doir ishlar “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilotning mutasaddilari bevosita tuman mahallalarida bo’lib, aholi bilan uchrashib, aniqlangan muammolarni bartaraf etilishiga astoydil harkat qilishyapti.
Ayni kunda tumanimizning Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari olib borilmoqda. Mahalla raisi Abrorjon Zunnunovning so’zlariga ko’ra, mahallada yaqin 1 000 ta xonadon mavjud bo’lib, aholi soni ham 6 000 nafarga yaqinlashib qolgan.
Prezidentimizning So’x tumanini qompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qabul qilgan qaroriga asosan mahallada keng ko’lamli qurilish-montaj ishlari olib borildi. Tortilayotgan ichimlik suvi tarmog’iningg uzunligi salkam 2 kilometrni tashkil etadi.
Yana bir yangilik: Oftobru mahallasidagi yana bir muammoga bugun barham berildi. Mahallaga “Uz Mobile” uyali aloqa stantsiyasi o’rnatildi va bu haqda keyinroq ma'lumot beramiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram