Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 215 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDA OLIB BORILAYOTGAN “OBODONLASHTIRISH OYLIGI” JARAYONI TAHLIL ETILDI

×

 2023-08-10 18:20:11    102

PDF yuklash
Chop etish


Hududlarda olib borilayotgan “Obodonlashtirish oyligi” jarayoni tahlil etildi

Yurtimizda e'lon qilingan “Obodonlashtirish oyligi” bugun tumanimiz hududida qay darajada olib borilmoqda? Vatanimiz to’yini munosib sovg’a va ko’tarinkilik bilan kutib olishga tayyormizmi?

Mana shunday savollarga javob topish maqsadida tuman hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tuman hokimi raisligida va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga baho berib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev amalga oshirilayotgan ishlar har bir hudduda ham qoniqarli emasligini ta'kidladi. Tadbirda ishtirok etgan barcha mahalla fuqarolar yig’inlari raislariga bu bo’yicha tanqidiy nuqtai nazardan baho berildi.

Tuman hokimi olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, ba'zi mahalla raislariga ushbu xayrli va mas'uliyatli ishda tashabbus ko’rsatayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Qayd etildiki, har bir mahalla beshligi bugungi tadbirdan xulosa chiqargan holda mahalladagi ishlarni yaxshi yo’lga qo’yishlari, “Obodonlashtirish oyligi”ni ko’tarinkilik bilan o’tkazilishini ta'minlashga doir astoydil harakat qilishlari lozim.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram