Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO’MILISH HAYOTINGIZ UCHUN XAVFLIDIR

×

 2023-08-09 19:37:22    493

PDF yuklash
Chop etish


Ochiq suv havzalarida cho’milish hayotingiz uchun xavflidir

 

Har bir faslning o’ziga yarasha jozibasi bo’lgani singari, yozning issiq tafti ham insonlarni soya-salqinlik sari chorlaydi. Bunda zamonaviy sovutgich o’rnatilgan xonada dam olishga, muzdek salqin ichimlik ichishga yoki bo’lmasa huzurbaxsh suvda maza qilib cho’milishga nima yetsin.  

Biroq, cho’milishning huzurbaxshliligi bilan bir qatorda, har yili dunyo bo’ylab 300 ming nafarga yaqin insonlar mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda cho’milishlari oqibatida hayotdan bevaqt ko’z yumayotganligi, yoki bo’lmasa har yili kemalar suvga tushib cho’kib ko’p sonli kishlarning hayotdan bevaqt ko’z yumishi kishini o’yga toldiradi.

Bunday vaqtlarda har bir inson “suvda cho’kish men va mening yaqinlarim bilan sodir bo’lmaydi” - degan befarqlik va beparvolik chulg’agan fikrdan biroz chekinib, o’zi, oila a'zolari va yaqin kishilarini ehtiyot bo’lishga chaqirishi va ogohlantirib turishi uning kundalik vazifasi emasmikan deb o’ylaysan kishi. Zero, har bir fuqaro uchun farzandlari bir-biridan aziz, yaqin kishilari esa muqaddasdir.

Yoshlar o’rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o’zboshimchaliklari oqibatida sodir bo’lmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko’ra keyingi 5 yil davomida suvda cho’kib halok bo’lgan yoshlarning 95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligi hamda o’zboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho’milishi oqibatida sodir bo’lgan. Asosan katta yoshdagi fuqarolarning suvga cho’kishlariga ularning spirtli ichimliklar iste'mol qilib, mast holda cho’milish uchun suvga tushishlari sabab bo’lmoqda.

Qayd etilgan holatlarning deyarli 99 foizi belgilanmagan va cho’milish ruxsat etilmagan joylarda qayd etilgan. Bu kabi joylarga, daryolar, suv omborlari, kanallar hamda yirik ariqlar kiradi. Mazkur suv ob'ektlari qishloq xo’jaligida melioratsiya tadbirlari uchun suv yetkazib berish maqsadida barpo etilgan. Bu joylar cho’milishga mo’ljallanmagan. Chunki suv oqimi juda tez, ba'zi joylarda keskin, chuqurlik tik va botiq, suv osti notekis va noma'lum, ko’rish darajasi juda past, qirg’oqlari beqaror, eng asosiysi yordam berishga shay turadigan qutqaruvchilar yoki qutqaruv asbob-anjomlari bilan jihozlanmagan.

Shu sababli, bu kabi ochiq suv havzalari hayotingiz uchun xavflidir. Yana bir narsa, suzishni bilish xavfsizlikka kafolat bo’la olmaydi.

Aziz yurtdoshlar, suv havzalarida fuqarolarning cho’kib halok bo’lishlari bilan bog’liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:

hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko’l, suv ombori, kanal va ariq) cho’milmang;

“Cho’milish taqiqlanadi” maxsus belgilariga qat'iy amal qiling;

yozgi ta'til davrida bolalarni belgilanmagan joylarga cho’milishga borishlariga yo’l qo’ymang;

yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;

spirtli ichimliklar iste'mol qilib, cho’milishga bormang;

faqatgina cho’milish ruxsat etilgan maxsus suv havzalarida cho’miling.

Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish faqat Sizning salomatligingiz va hayotingiz kafolati ekanligini unutmang!

 

Faxriddin Saidov - So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram