G’AZNOV MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA HAM SUV INSHOOTI O’RNATILDI
2023-08-08 17:26:31 150
G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida ham suv inshooti o’rnatildi
Hududlarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida bugun soha ishchi-xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Barchamizga ma'lumki, Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kunidagi 4798-sonli qarorida ayniqsa, aholiga toza ichimlik berish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Biroq, bu yo’nalishda boshlangan ezgu ishlar ma'lum sabablarga ko’ra, susaygan edi va ayni kunda ayni ushbu sohadagi ishlar o’zining mantiqiy davomini topayotir. G’aznov mahalla fuqarolar yig’inidagi aksariyat ko’cha va xonadonlarga ichimlik suvi tarmog’i tortilgan, biroq ishlar susaygani bois, salkam ikki yil o’tib, qurilish-ta'mirlash ishlari qayta tiklandi.
G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida tarmoqlar tortilgan, tik quduq qazilgan, suvni aholiga yetkazish maqsadida nasos va transformator ham olib kelingan edi. Savob ishni erta kechi bo’lmaydi deganlaridek, mahallada ushbu yo’nalishda bugun ishlar qizg’in.
“Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan olib kelingan schuv to’plash inshooti bugun o’rnatib bo’lindi. Endigi navbat suv nasosi va transformatorni o’rnatilishiga. Agar shu ishlar amalga oshirilsa, G’aznov mahallasida yashovchi aholi ham toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Ma'lumot uchun: Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida mavjud ichimlik suv qudug’i kompressor orqali tozalanib yangi ichimlik suv nasosi o’rnatildi, hamda salkam 6 000 metr yangi ichimlik suv tarmog’i tortilib qurilish-montaj ishlari olib borildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram