YOSHLARNING KAMCHILIK VA MUAMMOLARI TIZIMLI O’RGANILIB IJROGA YO’NALTIRILYAPTI
2023-08-08 16:55:25 149
Yoshlarning kamchilik va muammolari tizimli o’rganilib ijroga yo’naltirilyapti
Respublikamizda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha olib borilayotgan tizimli ishlar ularning muammo va kamchiliklarini o’rganish va bartaraf etilishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayni kunda So’x tumanida ushbu yo’nalishda arzirli ishlar olib borilayotir.
Prezidentimiz boshchiligida joriy yil 11 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida Respublikamizda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilgan. Ushbu topshriqlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan ishlar bevosita yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishga biriktirilgan vakillar tomonidan olib borilyapti.
So’x tumani hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevga tumanimizning 1-sektorida yashaydigan yoshlar biriktirilgan. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari boshchiligida sektorning G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida mahalla tizimi vakillari ishtirokida manzilli o’rganishlar amalga oshirildi.
O’rganish jarayonlarida bevosita ruyixatga olingan yoshlar bilan birma bir suhbat qilindi, ularning muammolari o’rganildi va aniqlangan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Muammolarning yechimi bo’yicha mahalla beshligi ishtirokida “Yo’l xaritasi” tuzildi va ushbu tizim orqali barcha aniqlangan muammo va kamchiliklar bartaraf etish uchun yo’naltirildi.
Hafta davomida muammolarning yechimi bo’yicha qilingan ishlar sarhisob qilinib boriladi. Ma'lumot uchun: 1-sektor hududida 255 nafar muammosi bor yoshlar ruyixatgan olingan bo’lib, G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida bu kabi yoshlar 29 nafarni tashkil etadi va biriktirilgan vakillar ishtirokida barcha yoshlar bilan manzilli ishlar olib borilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram