Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MILLIY GVARDIYANING SO’X TUMANI BO’LIMI XODIMLARI TAQDIRLANDI

×

 2023-08-07 17:45:58    167

PDF yuklash
Chop etish


Milliy gvardiyaning So’x tumani bo’limi xodimlari taqdirlandi

Jamiyatda huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda milliy gvardiya xodimlarnining faoliyatini alohida e'tirof etish joyiz. Chunki ushbu yo’nalishda soha vakillari astoydil mehnat olib borishadi.

O’tgan haftaning oxirgi kuni mazkur soha vakillari o’zlarining kasbiy bayramlarini nishonlashdi. Bugun tuman hokimligi majlislar zalida mazkur sanaga bag’ishlab tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda bir guruh O’zbekiston respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limining bir guruh xodimlariga tashakkuronma va esdalik sovg’alar topshirildi. Tadbirga barcha soha xodimlari taklif qilindi.

Bo’lim rahbari Rustamjon Mamajonovning so’zlariga ko’ra, mazkur soha xodimlarining umumiy soni 43 nafarni tashkil etadi va alohida himolanadigan binolar, ijtimoiy soha ob'ektlarni qo’riqlashda milliy gvardiyachilarning hissasi beqis. Shuningdek, qo’riqlash bo’limining texnik-qo’riqlash markazi tomonidan savdo rastalari va o’quv muassasalari ham qo’riqlanadi.

Tadbirda eng faol bo’lgan soha xodimlariga mukofotlarni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev taqdim etdi. Xodim Xurshed Karimovga “O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining fidoiy xodimi” ko’krak nishoni taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram