Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLASINING ZARMIYON MAVZESI KO’CHALARI TO’LIQ ASFALTLASHTIRILIB, MAZKUR HUDUDGA OBI HAYOT KIRIB KELDI

×

 2023-08-07 17:36:31    144

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahallasining Zarmiyon mavzesi ko’chalari to’liq asfaltlashtirilib, mazkur hududga obi hayot kirib keldi

Davlatimiz rahbarining alohida e'tibori asosida viloyatimizning eng chekka go’shasi – So’x tumanida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi va bu ishlar bugun tumanning barcha mahalallarida qizg’in davom etmoqda.

Asosiysi, bugun mana shunday e'tibor asosida xalqimizning muammolari bartaraf etilmoqda, kamchilkilariga barham berilyapti. Xalqimizni rozi qilish maqsadida boshlangan barcha ezgu ishlar bugun o’zining ijobiy samarasini bermoqda.

Tumanning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi ham bo’layotgan o’zgarishlardan bahramand bo’lib, islohotlar samrasidan mamnunlikda umrguzaronlik qilishayotir. Mahallada bugun eng dolzarb bo’lgan muammo ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanmoqda.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida loyiha-smetalar asosida 11,66 km yangi tarmoq tortish va 1-dona yangi ichimlik suv qudug’i qazish rejalashtirilgan bo’lib 2021‑2023 yillar davomida Farg’ona viloyat “Yangi Avlod qurilish invest” MChJ tomonidan qurilish‑montaj ishlari olib borilib, jami bo’lib bugungi kungacha 7,1km yangi ichimlik suv tarmog’i tortildi, hamda yangi ichimlik suv qudug’i qazildi.

Zarmiyon mavzesida yashaydigan aholining mamnunligi cheksiz. Chunki bugun Hazrati Ali mahallasining bu mavzesiga obi hayot kirib keldi. Mavzeda 80 ta xonadon bor va ichimlik suvidan barcha Zarmiyonliklar bugun bahramand bo’lishayotir.

- Prezidentimiz boshlab bergan islohotlar samarasidan cheksiz minnatdormiz. Men bir nafar mahalla raisi va deputat sifatida bu e'tibor uchun Prezidentimizga xalqimiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Zarmiyonliklarning ko’chalari to’liq asfallashtirildi, 25 kub/metrlik suv minorasi o’rnatildi, mahalla ahli eng asosiysi bugun toza ichimlik suvidan bahramand bo’lishyapti. Muammolarimiz bosqichma bosqich hal etilyapti, eng asosiysi ham shu bo’lsa kerak, - deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.

Darhaqiqat, bugun berilayotgan e'tibor bois, eng chekka hududlarda ham obodonchilik ishlari avj olgan. Bu esa, xalqimizning haqli ravishdagi roziligiga sabab bo’layotir.

Ayni kunda saxovatpesha homiylar ko’magida Hazrati Ali mahallasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotir.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram