Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR O’RTASIDA VOLEYBOL BO’YICHA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

×

 2023-08-07 17:31:45    96

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar o’rtasida voleybol bo’yicha sport musobaqalariga start berildi

Mustaqilligimizning 32-yillik to’yini munosib kutib olish maqsadida tumanimizda mazkur sanaga bag’ishlab turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Tumanimizda joriy yilning 5 dan 17 avgustigacha maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi kubogini qo’lga kiritish maqsadida voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqlar ham shunday tadbirlarning uzviyligini ta'minlanayotir.

Mazkur musobaqalar sektorlar kesimida o’tkazilib, unda asosan xotin-qizlar rahbarligida maktabgacha ta'lmi muassasalari va umumta'lim maktablari xodimlari ishtirok etadilar. Mazkur musobaqalarning sektorlar kesimidagi uchrashuvlariga 1-sektorning 27-sonli UO’T maktabida start berildi.

Tadbir ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonovalar barcha ishtirokchilarga omadlar tiladilar. Musobaqaning asosiy maqsadi Vatanimiz to’yini munosib nishonlash va sportning voleybol turini ommaviylashtirishdan iborat.

Tadbirdan so’ng musobaqalarga start berildi va sektorning 9 ta jamosi o’zaro bellashdilar. Sektor kesimida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar final bosqichida maydonga chiqishadi va g’olib jamoaga kubok taqdim etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram