Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI YETMISH BESHINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-08-07 17:21:04    226

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq yetmish beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi 2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistoning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risidagi PF-27-sonli Farmoni yuzasidan qabul qilingan hududiy dastur ijrosi to’g’risida.


2. Ijtimoiy va ishlab chiqarish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari ijrosi to’g’risida.

 

3. So’x tuman Adliya bo’limining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqiy qullash amaliyoti holati to’g’risida.


4. Tuman mahalliy byudjetining 2023 yil II-chorak ijrosi, tuman mahalliy byudjetining 6-oylik tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o’zgartirishlar va tuman mahalliy byudjetining II-chorak shakllangan qo’shimcha mablag’larning sarflanish yunalishari bo’yicha tuman moliya bo’limi boshlig’ining hisoboti.


5. 3-sektor rohbarining 2023-yil 28-iyuldagi 44/1-2290-sonli xati to’g’risida.

 

6. O’zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi-deputatlik go’ruhining 2023-yil 17-iyuldagi №13 sonli “So’v ta'minoti og’ir bo’lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo’jaliklarining so’v bilan kafolatli ta'minlash to’g’risida”gi xati to’g’risida.

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan ma'naviy-ma'rifiy  ishlar bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov so’zga chiqib, tumanning “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da ko’rsatilgan loyihalarning amalga oshirilishi va yil yakuniga qadar qilinishi lozim bo’lgan ishlar haqida sessiya ishtirokchilariga ma'lumot berdi.

Ikkinchi masala yuzasidan tuman xokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, komunikatsiyalari va kommunal xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda davlatimiz rahbarining 408-sonli qarori hamda davlat dasturlari va loyihalar asosida tumanda amalga oshirilgan va amalga oshiriladigan ishlar xususida ma'lumot berdi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sessiya ishtirokchilariga So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarov ma'lumot berdi.

Tuman molyai bo’limi mudiri Zayliddin Iskandarov sessiya kun tartibidagi to’rtinchi masalaga oid ma'lumot berdi. Mazkur masalaga oid deputatlar savol berib, javoblar olishdi.

Kun tartibidagi beshichni masala xususida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev 3-sektor rohbarining 2023-yil 28-iyuldagi 44/1-2290-sonli xati to’g’risida ma'lumot berdi va mazkur xatga asosan 3-sektor hududidagi kam ta'minlangan fuqaroga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan moddyi yordam berish taklifi ma'qullandi.

Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputatlari Subhonali Nishonov va Rasulxon Qoziyevlarning Hazrati Ali, Sarikanda va Saribozorcha mahalallarini sug’orish va ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida Jo’yi dam buloq boshiga qo’shimcha darvoza hamda to’g’on qurish, 4-sektor hududidagi Kasminon massivini sug’orish suvi bilan ta'minlash maqsadida maxsus komissiya tashkil etish va mazkur masalalarni o’rganish hamda taklif qilinadigan loyihalarni moliyalashtirish xususida bidirilgan takliflari deputatlar tomonidan ma'qullandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram