BILASIZMI?
2023-08-03 18:58:19 139
Bilasizmi?
O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ–857, 18.07.2023 y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo’shimcha kiritildi.
Shunga ko’ra, 2026 yil 1 yanvargacha O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo’linmalari, “O’zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O’zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to’lashdan ozod etiladi:
barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
o’zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to’lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini;
O’zbekistonga olib kiriladigan, O’zbekistonda o’xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun'iy o’tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo’shilgan qiymat solig’ini.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram