Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“DOLZARB 30 KUNLIK” YONG’INGA QARSHI KURASHISH OYLIGI TARG’IBOT TADBIRLARI ORQALI DAVOM ETYAPTI

×

 2023-08-03 18:53:23    216

PDF yuklash
Chop etish


“Dolzarb 30 kunlik” yong’inga qarshi kurashish oyligi targ’ibot tadbirlari orqali davom etyapti

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil

5 iyuldagi 418-sonli Farmoyishiga asosan Respublikamizda yong’in xavfsizligi oyligi o’tkazilmoqda. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari ham ushbu oylikni uyushqoqlik bilan o’tkazilishini ta'minlash maqsadida joylarda amaliy targ’ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib, o’tkazishayotir.

Targ’ibot tadbirlari asosan aholi gavjum bo’lgan joylarda, ayniqsa, ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida o’tkazilyapti. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yong’inlardan fuqarolarimizni saqlash va ularda yong’inga qarshi kurash va uning oldini olishda bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Faxriddin Saidovning so’zlariga ko’ra, tashkil etilayotgan mazkur tadbirlarda aholining faol ishtirokini ko’rasiz. Tuman hududidagi harbiy qismlarning birida joylashgan ko’p qavatli uylar aholisi bilan ham mazkur yo’nalishda targ’ibot tadbiri o’tkazildi va fuqarolarga yong’inga qarshi kurash usullari turli mashqlar orqali ko’rgazmali namoyish etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram