Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY KO’MAKKA MUHTOJ FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-08-03 18:32:05    243

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi

Bir-biriga mehr-muruvvat ko’rsatish xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa, mehrga muhtoj oilalar holidan xabar olish ham qarz, ham farz. O’zaro mehr-oqibat odamlarni birlashtiruvchi kuchga ega.

Bugun So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi tuman kengashi rahbari Habibullo Yormatov, O’zbekiston nogironlar jamiyati So’x tumani bo’limi rahbari Bahodirjon Boltayevlar tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolar xonadonida bo’lib, ular holidan xabar oldilar.

Mutasaddi rahbarlar tumandagi Istiqlol, Yangiariq, Sarikanda, Saribozorcha va Hazrati Ali mahallalarida yashayotgan ijtimoiy ko’makka ehtiyoji bor, nogironlar, ko’p bolali oilalarga tashrif buyurishib, ularni qiynayotgan muammolarni ham o’rgandilar. Tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga amaliy ko’mak ko’rsatilishi uchun tuman tibbiyot birlashmasi mutasadilariga ko’rsatmalar berildi va jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bor fuqarolarga o’rnatilgan tartibda moddiy va amaliy ko’mak ko’rsatiladigan bo’ldi.

Tadbirkor Habibullo Yormatov, “Saxovat va ko’mak” jamg’armalari hisobidan mazkur fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bunday e'tibordan boshlari ko’kka yetgan fuqarolarimiz bevosita duolar bilan o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram