BILASIZMI?
2023-08-02 18:04:08 135
Bilasizmi?
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat
1. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o’z faoliyati yo’nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. (67-modda)
2. Tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag’larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. (67-modda)
3. Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta'minlaydi. (67-modda)
4. Bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanadi. (41-modda)
5. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi. (65-modda)
6. Davlat halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi. (65-modda)
7. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi. (67-modda)
8. YEr xususiy mulk bo’lishi mumkin. (68-modda)
9. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.(53-modda)
Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram