Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASIDA G’OLIB BO’LGAN TAKLIF IJROGA YO’NALTIRILDI

×

 2023-08-02 18:01:42    304

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet” loyihasida g’olib bo’lgan taklif ijroga yo’naltirildi

Aytish joyizki, bugun fuqarolarimizning bevosita tashabbuslari bilan hududlar obod bo’lmoqda. Buning uchun, «Tashabbusli byudjet» loyihasi orqali g’olib bo’layotgan tashabbuslar hududlar obodonchiligida asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir.

Xabaringiz bor, «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2023 yildagi 1-mavsumiga So’x tumanida ham 4 ta loyiha, jumladan, tumanimizdagi Qal'a, Istiqlol, Navobod va Rovon mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tomonidan taklif etilgan loyihalar ko’p ovoz olib g’olib deb topilgan.

Sport muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limiga kiritilgan So’x tuman Rovon mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan markaziy o’yingoh futbol maydonini ta'mirlash taklifi ham 970 ta ovoz to’plab, g’oliblikni qo’lga kiritgan. Ayni kunda ushbu ezgu maqsadgao ajratilgan 700 000 000 so’m mablag’ ijroga yo’naltirilgan.

Tuman sport maktabining direktori Ruslanjon Qodirovning so’zlariga ko’ra, ayni kunda sport maydonini ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Yaqin kelajakda ushbu hududda yangi va zamonaviy futbol maydoni paydo bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram