QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2023-08-02 17:57:55 137
Qonunchilikdagi yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 28 iyul kuni “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qullab quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-120- sonli Farmoni imzolandi.
Mazkur Farmonga asosan 2023 yil 1 avgustdan boshlab:
zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nfaqa miqdori oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so’m;
ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo’shimcha tulovlarni hisobga olgan holda oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so’m;
o’zgalar parvarishiga mo’xtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo’lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so’m;
boquvchisini yuqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so’m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun -198 000 ( bir yuz tuqson sakkiz ming) so’m etib;
boquvchisini yuqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori oyiga 568 000 (besh yuz oltmish sakkiz ming) so’m etib belgilanib keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi taribga muvofik pensiya tulanishi belgilab qo’yildi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram