Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN OTMLARGA IMTIHON TOPSHIRISH JARAYONLARINING IKKINCHI KUNI

×

 2023-08-02 17:45:39    95

PDF yuklash
Chop etish


Bugun OTMlarga imtihon topshirish jarayonlarining ikkinchi kuni

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, So’x tumanida ham oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari topshirish jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Respublika hududlarida tashkil etilgan 72 ta test topshirish binosining 10-si aynan So’x tumanida joylashgan.

So’xlik abituriyentlar imtihonlarni bevosita So’xda topshirayotganlari tuman yoshlariga berilgan yana bir imkoniyat nishonasidir. Chunki bu e'tibor orqali eng asosiysi, milliardlab mablag’ tejeladi, ortiqcha sarf-xarajatlarga hojat qolmaydi.

Test topshirish jarayoniga biriktirilgan barcha mutaxassislar o’rnatilgan tartib-qoidalarga asosan imtihon jarayonlarini nazoratga olishgan. Imtihonlarning birinchi kuni har ikki smenada 458 nafar abituriyentlar ishtirok etdilar.

Bugun imtihonlarning ikkinchi kuni va eratalab soat 8-00da boshlangan imtihon jarayonlarida 225 nafar abituriyentlar ishtirok etmoqda. Chunki bugun ham 15 nafar abituriyent imtihon jarayonlarida kech qolganligi sababli qatnasha olmadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram