Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 DAN 3-AVGUSTGACHA TUMANIMIZDA QO’MONDONLIK-SHTAB O’QUV MASHQLARI O’TKAZILADI

×

 2023-08-01 19:01:53    103

PDF yuklash
Chop etish


1 dan 3-avgustgacha tumanimizda qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil 6 yanvardagi va Farg’ona viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil 5 iyul kunidagi buyruqlariga binoan avgust oyining dastlabki kunlarida viloyatimizning So’x va Furqat tumanlari hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining harakatlarini baholash bo’yicha hamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlarini tashkil etish va uni o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda harakatlanish ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Bugun tumanimizda ertalab soat 6-00 da mazkur mashqlarga So’x tumani telekommunikatsiyalar bog’lanmasining signali orqali favqulodda vaziyat bo’yicha tumandagi boshqaruv organlari, FVDT xizmatlariga xabar berildi. Yuzaga kelgan ehtimoliy favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo’yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan tuman hokimligida tadbir o’tkazildi va barcha kuch va vositalar tumandagi “Do’stlik” istirohat bog’i oldiga safarbar etildi.

Mazkur tadbirda Farg’ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari, barcha hamkor tashkilot, korxonalar rahbarlari va mutasaddilari ishtirok etdilar. Viloyat vakillari tomonidan har bir korxona va tashkilotning tuzilmalari va ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati ko’zdan kechirildi va mazkur taktik mashqlar ertaga tumanimizda davom etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram