Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OTMLARGA TEST TOPSHIRISH JARAYONLARINING BIRINCHI KUNI OXIRIGA YETDI

×

 2023-08-01 18:46:18    112

PDF yuklash
Chop etish


OTMlarga test topshirish jarayonlarining birinchi kuni oxiriga yetdi

So’x tumani "Sug’diyona" sport majmo’asi. Dilida oliy ta'lim dargohlari talabasi bo’lish niyati bor har bir o’g’il-qiz uchun bugundan boshlab yana 4 kun ushbu dargoh umid koshonasiga aylanib qoladi. Chunki bu yerda bo’lg’usi talabalar oliygohlarga kirish uchun imtihon topshirishmoqda.

Biz bugun mazkur jarayonning ikkini bosqichini kuzatdik. O’rnatilgan tartibda har bir abituriyent tekshiruvdan o’tkazilib, imtihon topshirish binosida terilgan stollardan joy egallashdi. Test topshirish jarayonlari boshlandi.

Test imtihonlari topshirilishida adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida imtihon bo’layotgan hududga kuzatuv kameralari o’rnatilgan. Test imtihonlarini topshirish jarayonlari bevosita So’x tumanida bo’lib o’tayotgani ham So’xlik talabalarga berilgan katta imkoniyatdan nishona.

Test topshirish jarayonlarining birinchi kuni ham nihoyasiga yetib bormoqda. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidovning so’zlariga ko’ra, bugun jami 480 nafardan abituriyentlar imtihon topshirishi kerak edi, biroq turli sabablarga ko’ra har ikki bosqichda 22 nafar abituriyent imtihonlarda qatnasha olmadi.

Barcha 1 441 nafar So’xlik abituriyentlarga omad va zafarlar tilaymiz.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram