Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-08-01 18:32:34    144

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Cavol: Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi davrida noqonuniy daraxtlarni kesganlik uchun javobgarlik to’g’risida ma'lumot bersangiz

Javob: Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

 

Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo'shimcha ravishda huquqbuzarlarga:

 

moratoriy talablarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;

daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo’llaniladi.

Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo’q qilishni nazarda tutuvchi ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko’rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat'iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog’ona pasaytiriladi.

Aholi tomonidan ichki ishlar vazirligi va davlat ekologiya qo’mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to’g’risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo’yicha huquqbuzardan undirilgan mablag’lar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming so’m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag’batlantiriladi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram