BILASIZMI?
2023-08-01 18:29:41 167
Bilasizmi?
“Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko’ra;
2023 yil 1 avgustdan soliq to’lovchilar tomonidan yoshidan qat'i nazar farzandlarining O’zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishlari uchun yo’naltiriladigan to’lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta'limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta'lim tizimiga joriy etiladi;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida”gi qonun bekor qilinadi;
2024 yil 1 yanvardan ma'muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko’rib chiqish natijasi bo’yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;
2023 yil 1 iyundan chakana savdo va xizmat ko’rsatish ob'ektlarining faoliyat ko’rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilindi.
Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram