Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA HAM DAVLAT OTMLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

×

 2023-08-01 18:26:50    118

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ham davlat OTMlariga kirish imtihonlari boshlandi

Respublikamizdagi anklav bo’lgan hudud – So’x tumani bitiruvchilariga bu yili ham oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirilishida katta imkoniyat yaratib berildi. Respublika bo’yicha tashkil etilgan 72 ta test topshirish binosining bittasi bizning So’x tumanimizda joylashgan. 

Bugun, ertalab qo’llariga ruxsatnoma olgan abituriyentlar tumanimizdagi “Sug’diyona” sport majmuasi tomon yo’l oldilar. Chunki test jarayonlari aynan ushbu majmuada bo’lib o’tadi. 

Test sinovlari mazkur majmuada 2 smenada o’tkazilishi rejalashtirilgan. 2023-2024 o’quv yili uchun So’x tumanidan jami bo’lib 1 442 nafar abituriyent ro’yxatdan o’tgan.

Ma'lumot uchun: imtihonlar tumanimizda 4 kun davom etadi. Tashkil etiladigan har bir smenalarda 240 nafardan abituriyentlar imtihon topshiradilar.

Barcha bitiruvchilarimizga omad tilaymiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram