Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENINGLAR MALAKALI MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA O’TKAZILYAPTI

×

 2023-07-31 18:45:25    117

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlar faollari uchun psixologik seminar-treninglar malakali mutaxassislar ishtirokida o’tkazilyapti


Ayni kunda Respublikamizning barcha hududlarida O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qumitasi va O’zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi hamkorligida “Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar o’tkazilmoqda. Seminar-treningdan ko’zlangan maqsad maxalla xotin-kizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish, ularga fukarolar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarni oldini olish, bartaraf etish yullarini o’rgatish, nizoli notinch oilalar bilan ishlash, ro’hiy tushkunlikka tushgan shaxslarga birinchi yordam ko’rsatish xamda o’z joniga qasd qilish, ajrimlarni oldini olish kabi maxsus ko’nikmalarini xosil kilishdan iborat.


Tumandagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida bo’lib o’tgan seminar-treningda tumanda faoliyat olib borayotgan aksariyat xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Mazkur o’quv seminarda O’zbekiston psixologlar assotsiatsiya psixologi Shahzoda Rustamova ko’rgazmali vositalar orqali xotin-qizlar faollariga turli mavzularda mashg’ulotlar o’tkazdi.


Tadbir ishtirokchilariga yuqorida ko’rsatilgan mavzularga oid tushuncha va ma'lumotlar berildi. Qiziqarli kechgan tadbirda ishtirokchilar psixolog mutaxassisdan o’z savollariga kerakli javoblar oldilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram