Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI ISHGA TUSHIRILGAN ICHIMLIK SUVI INSHOOTI ORQALI 500 TA XONADON ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLANADI

×

 2023-07-31 18:41:36    86

PDF yuklash
Chop etish


Yangi ishga tushirilgan ichimlik suvi inshooti orqali 500 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta'minlanadi


Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kunidagi 4798-sonli qarori asosida So’x tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida boshlangan ishlar bugun o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Aytish lozimki, tumanning barcha mahallalarida ichimlik suvi tarmog’i tortilgan, biroq ba'zi mahallalarga ichimlik suvi kirib bormagan.


“Yangi avlod” mas'uliyati cheklangan jamiyati mutasaddilarining ma'lumotiga ko’ra, mazkur yo’nalishdagi barcha muammolarga yechim topilganligi bois, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlari davom ettiriladi. Qilingan sa'y-harakatlar tufayli bugun Chashma mahallasida bunyod etilgan suv inshooti ishga tushirildi.


“O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani filiali boshlig’i Farhodjon Azimbekovning so’zlariga binoan bugungi kungacha So’x tumanida 16 ta suv inshooti qurilib, 7 tasi rekonstruktsiya qilindi va 7 tasi foydalanishga topshirildi. Chashma mahallasi va Obishirsoy mavzesida ikkita zamonaviy 500 metr/kubli zamonaviy suv inshooti qurildi. Tortilgan ichimlik suvi tarmog’ining umumiy uzunligi 254 kilometrni tashkil etadi.


Chashma mahalla fuqarolar yig’iindagi 110 metrli tik quduq va suv minorasining umumiy qiymati 1 milliard so’mdan ortiqroqni tashkil etadi va ushbu obi hayotdan endilikda Chashma va Zangat mahallasidagi 500 ta xonadon foydalanadi. Foydalanishga topshirilgan birinchi quduqdan 25 metr/kubli suv to’plash inshooti to’ldiriladi va ikkinchi quduqning suvi Chashma asosiy suv to’plash inshootiga yo’naltiriladi.


Tuman hokimi ushbu voqelik bilan barcha Chashmaliklarni tabrikladi va bunday ishlar har bir mahalla kesimida davom ettirilishini ta'kidladi. Mahalla ahli ham yangragan ko’y-qo’shiqlar ostida raqsga tushib, xursandchilik qildilar va berilayotgan bunday e'tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram