Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-07-31 18:31:08    122

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?


Shtat qisqarganda ishda qolishda kimlarga ustunlik beriladi?


Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo’shatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi. 


Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksinining 167-moddasiga asosan malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo’lganda quyidagilarga afzallik beriladi: 


1. qaramog’ida ikki yoki undan ortiq kishi bo’lgan xodimlarga


2. oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodimlar mavjud bo’lmagan shaxslarga;


3. mazkur ish beruvchidagi uzoq muddatli ish stajiga ega bo’lgan xodimlarga;


4. ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlarida mehnat shartnomasiga ko’ra tegishli mutaxassislik bo’yicha o’z malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o’rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlarini tamomlagan shaxslarga o’qishni tamomlaganidan keyin mutaxassisligi bo’yicha ishlash sharti bilan uch yil mobaynida;


5. ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;


6. nogironligi bo’lgan shaxslarga;


7. 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;


8. mehnatdagi yutuqlari uchun rag’batlantirishlarga ega bo’lgan va intizomiy jazolarga ega bo’lmagan xodimlarga;


9. atom obektlaridagi avariyalar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiyaviy nurlanish bilan bog’liq bo’lgan nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yo’liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga,


Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram