Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” JAMG’ARMASI - EHTIYOJMAND FUQAROLAR MADADKORI

×

 2023-07-29 17:53:06    1749

PDF yuklash
Chop etish


“Saxovat va ko’mak” jamg’armasi - ehtiyojmand fuqarolar madadkori

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-sonli farmoyishi bilan So’x tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tashkil etilgan.

Tumanimzda “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan bir qancha amaliy ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari o’rganib chiqilib, ijtimoiy, tibbiy va moddiy yordamga ehtiyoji bor, himoyaga muxtoj, kamta'min, nogiron va nogironligi bor qatlamdagi oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining qarori bilan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 42 nafar fuqarolarimizga amaliy va moddiy yordam ko’rsatildi.

Jumladan, Zangat mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, 2-guruh nogironi Mo’sobek Do’stovning murojaatiga asosan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan 1 million 560 ming so’m mablag’ fuqaroning plastik kartasiga o’tkazib berildi.

Guliston mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi U, Nazarovga ham murojaati o’rganilib, jamg’arma tomonidan 600 ming so’m mablag’ fuqaroning plastik kartasiga o’tkazildi.

Sux mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, kamtaminlangan, 2-guruh nogironlari G. Odilova va Qodirjon Odilovlarning xorijga chiqish pasporti olishda amaliy ko’mak ko’rsatish maqsadida qilgan murojaatlariga asosan “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan fuqarolikni tasdiqlovi hujjat olish uchun to’lov amalga oshirildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning ma'lumotiga ko’ra, jami bulib “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan tumandagi kamta'minlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yo’qotgan, nogiron va “Temir daftar” ro’yixatiga kiritilgan fuqarolarga 28 million 860 ming so’m mablag’ miqdorida moddiy yordam ko’rsatildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram