Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR YO’LI BILAN MAHALLA QABRISTONI HUDUDI OBOD BO’LMOQDA

×

 2023-07-29 17:30:49    105

PDF yuklash
Chop etish


Hashar yo’li bilan mahalla qabristoni hududi obod bo’lmoqda

Muqaddas qadamjolar, qabriston va mahalla guzarlarini obodonlashtirilishida tumanimzning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xabaringiz bor, mahalla ahli hashar yo’li bilan hududdagi qabristonga yangi shiypon barpo etishdi va bu ishda tuman obodonlashtirish boshqarmasining alohida o’rni bor.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi ko’magi bilan mahalladagi qabristonni obodonlashtirish ishlari ushbu muqaddas makon atrofini devor bilan o’rash va qabriston hududidagi yo’laklarni betonlashtirish ishlari bilan davom ettirilmoqda. Mahalla yoshlar yetakchisi Parviz Azizovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, mazkur xayrli amallarda nafaqat Qal'acha ahli, balki tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi va xodimlari, 1-sektor hududidagi Lenbur, Devayron, G’aznov mahallalaridan xayrli ishlarga bel bog’lagan fuqarolar ham ishtirok etdilar.  

Hasharni tashkil etilishida tashabbus ko’rsatgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Ortiqboy Jalolov, bosh muhandis Habibullo Mo’sayev va qabristonga biriktirilgan Xoldorlai Fayziddinovga mahalla mutasaddilari o’zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar. Zotan, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak degan so’zlar mana shunday amaliy ishlar orqali namoyon bo’layotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram