BILASIZMI?
2023-07-29 17:07:32 147
Bilasizmi?
Yangi turmush qurgan yoshlarga o’z xonadonida qo’shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so’mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
bozor stavkasida mijoz xohishiga ko’ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
20 yildan ko’p bo’lmagan muddatga;
boshlang’ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim, jumladan:
kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan bo’lishi;
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo’lishi lozim);
daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgayega bo’lishi;
qarz yuki ko’rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo’yicha o’rtacha oylik to’lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o’rtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori bo’lmasligi;
yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo’lishi.
Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram