QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2023-07-28 14:40:21 151
Qonunchilikdagi yangiliklar
Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli. Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb belgilangan.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi hisoblanadi. ank sirini himoya qilish maxsus “Bank siri to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.
Ya'ni ushbu qonunning 3-moddasiga ko’ra, Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma'lumotlardan iboratdir:
o’z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma'lumotlar;
bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma'lumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma'lumotlar;
mijoz (vakil) topshirig’iga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma'lumotlar;
bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning banklar o’rtasida muomalada bo’lishi natijasida ma'lum bo’lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma'lumotlar;
jamg’arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg’armalari to’g’risidagi ma'lumotlar.
Unga ko’ra bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilish, og’zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo’sinda tarqatish yoki ma'lum qilish, uchinchi shaxslar e'tiboriga yetkazish, bunday ma'lumotlarni qo’lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
Bank sirini oshkor qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Unga ko’ra MjtKning 1793-moddasika ko’ra Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni g’ayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, BHMning yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Raxmonov Iskandarbek Dilshodjon o’g’li - Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram