Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON TARIXI” TELEIJODKORLARINING SO’XDAGI SAFARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-07-27 20:16:37    132

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston tarixi” teleijodkorlarining So’xdagi safari davom etmoqda

So’x daryosi yoqalab yurgan insonning ko’z o’ngida ushbu hududning go’zalligi va o’ziga xosligi namoyon bo’ladi. Sharqirab oqayotgan zilol suvlar, purviqor tog’lar ushbu hududning boy tarixidan so’zlab berayotgandek go’yo. Darhaqiqat, So’x tumanining tarixi juda boy va o’rganishni talab etadi.

Ayni ushbu ezgu niyatni maqsad qilgan “O’zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari mana ikki kundirki, bu jannatmakon go’shaning tarixiy hududlarida bo’lib, aholi bilan uchrashib, tuman tarixi haqidagi ma'lumotlarni rangorang tasvirlarga ulab tarix sahifasiga muhrlashga intilmoqdalar.

Sux daryosi bo’ylab safarimiz davom etmoqda. Devayron mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 17-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabidagi tarixiy muzey, G’aznov mahallasidagi “Sulton Mahmudi G’aznaviy” ziyoratgohi, Devayron hududidagi “Xo’jai Ro’shnoyi” muborak maskani, Hazrati Ali mahallasidagi go’zal va betakror Hazrati Ali ziyoratgohiga tashrif buyurgan telekanal ijodkorlari tasvirga olish va suhbat qilish barobarida ushbu muborak qadamjolarni ziyorat qilish baxtiga ham muyassar bo’lishmoqda.

Ijodiy safar taassurotlarga boy bo’lmoqda va bugun ham tasvirga olish jarayonlari davom etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram