Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-07-27 19:40:03    145

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?


Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun mas'ul organlar belgilangan


Hududlarda aholini qor ko’chishidan himoya qilish va xavfni kamaytirish bo’yicha hududiy komissiyalar tuziladi.

Davlat organlari o’z vakolatlari doirasida xavfni bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko’radi. 


Xususan: 


O’zgidromet:


Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qor ko’chkisi, ko’chki xavfi bor hududlardagi aholi punktlar, ob'ektlar, aholisi vaqtincha ko’chiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy ko’chirilishi lozim bo’lgan xo’jaliklar bo’yicha ma'lumot tayyorlaydi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:


qor ko’chkisi va ko’chki xavfi mavjud hududlarda aholini xavfsiz joylarga vaqtincha va zaruratga ko’ra bosqichma-bosqich doimiy ko’chiradi. 


Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

qor ko’chkisi xavfi bor vaqtda qidiruv-qutqaruv tuzilmalar va tezkor guruhlarning kuchaytirilgan ish rejimini ta'minlaydi.


Ichki ishlar vazirligi:


A-373 yo’lining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsiz harakatini ta'minlaydi.


Avtomobil yo’llari qo’mitasi:


A-373 yo’lining Qamchiq dovoni hududida va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsizligini ta'minlash uchun muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.


“O’zbekiston temir yo’llari” AJ:


xavfli jarayonlar oqibatida “Qamchiq” dovonida avtotransport harakati cheklanganda, yo’lda qolgan fuqarolarni “Angren – Pop” yo’nalishi orqali manziliga yetkazadi.


Abdumannon Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram