FIRIBGARNING NAYRANGLARI
2023-07-27 19:36:06 143
Firibgarning nayranglari
Raximov Doniyor (ism, familiyalar o’zgartirilgan) halol mehnat bilan rizq topish o’rniga, aksincha, firibgarlik qilib o’zgalarning mol-mulkini o’zlashtirish payida bo’ldi. Oxir-oqibat esa qilmishlari uni sudning qora kursisiga yetaklab keldi.
Jumladan, D.Raximov o’zganing ko’p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo’li bilan qo’lga kiritish maqsadida, M.Anvarovga birgalikda avtomashina oldi-sotdisi bilan shug’ullanib, yaxshi daromad ko’rishlari mumkinligini, unga avtomashina sotib olish uchun pul berib tursa, u bergan pullarni tez kunda qaytarib, avtomashina sotishdan ko’rgan daromadlarini teng bo’lishlarini aytib, uning 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritib, pullarni o’zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Ishtahasi ochilib borayotgan D.Raximov o’zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, takroran, tanishi J.Rustamovning ishonchiga kirib, unga “Lasetti” rusumli avtomashinasi sotib olayotganligini, ushbu avtomashinani sotib, keyinchalik unga mashina olib berishini aytib, aldab, 2.200 AQSh dollari va 14.000.000 so’m pullarini firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritib, pullarni o’zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Voqealar yakunida “buzoqning yugurgani somonxonagacha” degnrlaridek, D.Raximovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, ish sudga oshirildi.
Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi har tomonlama, to’liq va xolisona ko’rib chiqilib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar to’liq qoplangani va boshqa holatlar inobatga olinib, uning qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.
Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram