Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEMURSAD MAHALLASIDA ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI

×

 2023-07-27 19:29:08    103

PDF yuklash
Chop etish


Demursad mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi


Prezidentimizning mahallalar infratuzimlasini rivojlantirish maqsadida qabul qilgan 408-sonli qarori bugun eng chekka hududlarni obodonlashtirilishi va xalqimizni qiynayotgan muammolarini yechilishida omil bo’layotir. Ushbu qaror asosida So’x tumanidagi mahallalarda keng ko’lamli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va bu ishlar bugungi kunda o’zining mantiqiy davomini topmoqda.


4-sektor hududidagi Demursad mahallasida ham ushbu qaror asosida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Bugun yo’lsozlar mazkur mahallaningg “Shaxmat” ko’chasida ish boshlashdi.


Qaror asosida Demursad mahalla fuqarolar yig’inidagi 6 kilometr yo’llar to’liq asfaltlashtiriladi. Ushbu ezgu maqsadda boshlangan ishlarga 2 milliard 042 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. 


Olib borilayotgan ishlardan eng asosiysi mahalla ahli xursand va minnatdor.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram