Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI_YANGILIKLAR

×

 2023-07-24 20:27:16    133

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi_yangiliklar

 

Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o’qitishni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (8-son, 10.01.2022 y.) bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o’qitishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya o’quv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:

O’zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;

O’zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;

Bosh konsul, konsul;

O’zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.

O’quv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.

 O’quv kurslari an'anaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

 O’quv kurslari tinglovchilari o’qishni tugatgandan so’ng yakuniy imtihon topshiradi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Abdumannon Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram