Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISQA SATRLARDA

×

 2023-07-24 20:23:42    92

PDF yuklash
Chop etish


Qisqa satrlarda

Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi “Guliston” ko’chasi aholisining murojaati ijobiy hal etildi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan fuqaro xonadonida joylashgan temir-beton tayanchi ko’cha tomonga olib berildi.

Tul mahalla fuqarolar yig’inida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini aniqlash va ularni yagona milliy reestrga kiritish yuzasidan olib borilayotgan xatlov davom etmoqda. Bu ishga mahalladagi beshlik va tibbiyot maskanining patronaj hamshiralari biriktirilgan.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massividagi issiqxonalarni sug’orish maqsadida qurilish va montaj ishlari davom etmoqda. Issiqxona egasi bo’lgan fuqarolar hudud obodonchiligiga ham hissa qo’shishayotir.

Ayni kunda tumanning Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida ham keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishda barcha mahalla fuqarolari tashabbus ko’rsatishmoqda.

4-sektor hududidagi Guliston mahallasida ham obodonlashtirish ishlari avjida. Mahalla ahli og’irini tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari yengillashtirishayotir.

Demursad mahallasida ham ko’chalarni toza va ozoda qilish bo’yicha ishlar olib borimoqda. Bu ishda mahalla raisi va hokim yordamchisi barchaga o’rnak bo’lishdi.

Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inda bugun fuqarolar hasharga chiqdilar. Asosiy maqsad mahalla obodonchiligi va oldindagi bayramni ko’tarinkilik bilan kutib olish.

Tuman markazida ham bugun obodonlashtirish ishlari avjiga chiqgan. Bu ishga astoydil bel bog’lagan mahalla raisi tomonidan targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram