Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVI SO’XLIK VATANDOSHLARIMIZ MANFAATDORLIGIGA XIZMAT QILADIGAN MASKANGA AYLANMOQDA

×

 2023-07-24 20:18:49    133

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivi So’xlik vatandoshlarimiz manfaatdorligiga xizmat qiladigan maskanga aylanmoqda

So’x tumanida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish, yangi o’zlashtirilgan yerlarni fuqarolarga biriktirib berish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo’nalishda Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi Javpaya massivida olib borilayotgan ishlar ayniqsa, jadallik bilan davom etmoqda.

Javpayaning pastki qismidagi issiqxonalarga sug’orish suvi yetkazib berish ishlari oxiriga yetkazilmoqda. Qiymati salkam 800 million so’m bo’lgan mazkur loyiha bo’yicha suv quvurlarini tortish ishlari oxiriga yetkazilyapti. Agar ushbu loyiha amalga oshirilsa, sug’orish uchun mo’ljallangan suv har bir issiqxonaga kirib boradi.

Qariyb 400 gektar yer maydonida yangi barpo etilgan o’rikzorda ham ish qizg’in. Bog’ qator oralariga ekilgan ziroatlarni ko’rib, havasingiz keladi.

Javpaya massivini yashil ekohudud va kelajakda turizm maskaniga aylantirish maqsadida olib borilayotgan ishlarda bugun tumanning har bir fuqarosi ishtirok etmoqda. Zotan, ko’pchilik sa'y-harakati bilan qilingan har bir ish barakali bo’ladi. Ishonchimiz komilki, ushbu yangi barpo etilayotgan yashil maskan barcha So’xlik vatandoshlarimizning manfaatiga xizmat qiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram