TAKRORIY EKIN – DEHQONLAR UCHUN QO’SHIMCHA DAROMAD MANBAI DEGANIDIR
2023-07-22 18:10:25 164
Takroriy ekin – dehqonlar uchun qo’shimcha daromad manbai deganidir
So’x tumanida oxirgi yillarda g’alladan bo’shagan yerlardan samarali foydalanish maqsadida ushbu yer maydonlarini eng avvalo, “Daftarlar”dagi fuqarolarga biriktirib berish tajribasi qo’llanilmoqda. Zotan, takroriy ekin fuqarolar uchun qo’shimcha daromad manbai sanaladi.
So’xning iqlim sharoiti o’ziga xos hisoblanadi. Agarda Tul, Sohibkor va ushbu sektordagi bobodehqonlar g’allani davlatga topshirib bo’lishsa, tuman markazidagi bobodehqonlar g’alla yig’im-terimiga kirishadilar. Mo’'jazgina tumanimizning iqlimi salkam bir oyga farq kilishini hamma yaxshi biladi.
Biroq, yerlarning unumdorligidan barcha mirishkorlar birdek foydalanishadi. Ya'gi So’xning unumdor yerlaridan ham bir yilda ikki marta hosil olish mumkin va buni oxirgi yillar tajribasi isbotlamoqda.
Biz bugun sektorning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ushbu holatni ko’zdan kechirdik. Mahalla raisi Fayoziddin Tojiddinov bildirishicha, Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida mahalladagi 50 nafarga yaqin fuqarolariga 15 sotixdan yer maydoni ajratib berilgan. Bug’doydan bo’shagan maydonlarga bugun barcha fuqarolar takroriy ekin sifatida asosan sovzi va makkajo’xori ekishgan.
- O’tgan yillardagi tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, fuqarolarimiz takroiy ekinlardan ham katta manfaat ko’rishmoqda. YErlarning har bir gektaridan 8-10 tonnagacha hosil olgan mahalladoshlarimiz hosilning asosiy qismini bozorga olib chiqishadi, - dedi biz bilan suhbat chog’ida mahalla raisi.
Shuning barobarida, bugun tumanda uzumchilik ham jadallik bilan rivojlanmoqda. “Sohibkor” fermer xo’jaligi raisi Islomjon Dodoyev har yili o’zining 1 gektar yer maydonidagi uzumzoridan mumaygina daromad oladi.
Mirishkor bobodehqonlariimizga faqat va faqat omadlar tilaymiz!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram