XATLOV JARAYONIDA MANZILLI ISHLASH AMALIYOTI MUTASADDILAR MAS'ULIYATINI HAM IMTIHONDAN O’TKAZMOQDA
2023-07-22 18:07:03 183
Xatlov jarayonida manzilli ishlash amaliyoti mutasaddilar mas'uliyatini ham imtihondan o’tkazmoqda
Ayni kunda tumanimiz hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo’yicha o’tkazilayotgan xatlov jaaryonlarida mahallalar beshligi va hudud tibbiyot maskani patronaj hamshiralarining ishtiroki ta'minlanayotir. Ushbu tadbir tumanimizning Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida ham tizimli olib borilmoqda.
- Xatlovda har bir biriktirilgan mutasaddi shaxsning o’ziga xos vazifalari bor. Misol uchun, patronaj hamshira yolg’iz va o’zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironligi bor, imkoniyati cheklangan bolalar va kattalar, nogironligi bor oilalar, og’ir kasal, muntazam qarov talab etiladigan shaxslar va oilalarni xatlovdan o’tkazsa, mahalla yoshlar yetakchisi yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan 18 yoshgacha bolalar, tabiiy va texnogen ofatlar va boshqa shunga o’xshash hodisalar oqibatida qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalar “hisobini chiqaradi”. Bugungacha men yoshlar yetakchisi sifatida xatlov natijasiga ko’ra, dastlabki 42 nafar ijtimoiy muhtoj yoshlarni xatlovdan o’tkazdim, - deydi Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Muhib A'zamjonov.
Xatlov jarayonida har bir oila va har bir fuqaroga alohida yondoshilmoqda. Xatlov jarayonlari manzilli o’tkazilib, hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning aniq soni shaklantirilayotgan milliy baza tarkibiga kiritilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram