Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Munosabat

×

 2023-07-22 17:59:00    173

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda davlatimiz rahbari e’tibori asosida tumanimizning Qayroq mavzesida 1 448 gektar lalmi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida 2020 yilda boshlangan ulkan loyiha – yangi suv nasos stansiyasining qurilishi “nazoratsiz qolganligi” haqida material e’lon qilindi.
Darhaqiqat, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori asosida Qayroq mavzesidagi salkam 1 500 gektar yerlarni o‘zlashtirish maqsadida yangi suv nasos stansiyasi qurilgan va bu uchun davlat byudjetidan 93 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lgan foydalanuvchilarnining iddao etishicha, ”ayni paytda Qayroq massivida lalmi yerlarini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Afsuski loyiha nihoyasiga yetmasdan turib, hozirdan sun’iy havzalarga tortilgan suv quvurlari teshilib, suv isrof bo‘lmoqda”.
“Jurnalistik surishtiruv” olib borgan ijtimoiy tarmoqlar sahifasi foydalanuvchisi qo‘ygan savoliga, ya’ni “suv quvurlari teshilib, suv isrof bo‘layotgani”ga o‘zi javob berib bo‘lgan. Gap shundaki “ayni paytda Qayroq massivida lalmi yerlarini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.” Demak, mazkur loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda va yuzaga kelgan nosozliklar ham nasos stansiyasiga mutasaddi bo‘lgan tashkilot tomonidan bartaraf etilmoqda. Lavhadagi ko‘rsatilgan nosozlik ham mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda “Qayroq” nasos stansiyasidan 422 metr balandlikga 4 kilometr uzunlikdagi diametri 1 020 millimetrli metall quvurlarni payvandlash va montaj qilish ishlari amalga oshirildi. Birinchi va ikkinchi ko‘tarma nasos stansiyasiyasi binolari qurilishi, suv keltiruvchi va suv tashlash inshootlarida kurilish-montaj ishlari to‘liq bajarildi. Nasos stansiyalardagi basseynlar, yordamchi va ta’mirlash binolari qurib bitkazildi. Elektr qismi to‘liq bajarildi. 5 dona tovar belgili “NSLOW 350-800” nasos agregatlari xarid qilinib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi.
Qayroq massivida birinchi bosqichda 200 gektar yer maydoni tanlab olinib, malina plantasiyasi tashkil etilishi belgilangan. Bugungi kungacha 200 gektar notekis bo‘lgan yer maydonlari shudgor qilinib, to‘liq tekislanib, 100 gektar yer maydoniga ko‘chat ekilishi uchun juyaklar olinib, tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqizildi hamda malina ko‘chatlari ekilishiga tayyorlab qo‘yildi.
Qolgan yer maydonlari bosqichma-bosqich tayyorlab ekish ishlari amalga oshiriladi.
Qayroq massivida tashkil etilayotgan malina plantasiyasining tomchilatib sug‘orish va suv zaxirasini shakllantirish uchun membrana hovuzi qurilgan. Ushbu membrana 60x40 metr hajmda qo‘rilgan bo‘lib, 15 000  kub-metr suv zaxira qilishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda membrana to‘shamasi solingandan so‘ng sinov tariqasida tomchilatib sug‘orish tizimiga ulash uchun suv zaxira qilingan.