BILASIZMI?
2023-07-21 17:34:17 128
Bilasizmi?
Mebel eksport qiluvchilarga xorijdagi ofis ijara to’lovining bir qismi qoplab beriladi
“Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2023-yil 10-fevralda qabul qilingan PQ-51-sonli Prezident Qaroriga binoan:
2024 yil 1 yanvargacha:
tayyor mebellarni eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi 250 kv/mgacha ofis, bino ijarasi qoplab beriladi;
yillik tushumida mebel eksportidan tushum ulushi kamida 30 foiz bo’lgan mahalliy korxonalar xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda, ular ish haqining 25 foizi qoplab beriladi.
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari eksport hajmi har chorakda 1 million dollardan ortgan korxonalarga chorak yakuni bilan kelgusi oyning 10-sanasigacha taqdim etilgan hujjatlar asosida to’lanadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram