HUDUDLARDA XATLOV JARAYONLARI TIZIMLI OLIB BORILMOQDA
2023-07-21 17:22:04 1864
Hududlarda xatlov jarayonlari tizimli olib borilmoqda
Ayni kunda Respublikamiz hududlarida ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish maqsadida yangi tashkil etilgan xatlov.ihma.uz platformasiga hududlardagi oltiliklar (mfy raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi va patronaj xamshira) tomonidan ma'lumotlarni kiritish va bazani shakllantirish yuzasidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o’rganish ishlari tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar bizning tumanimizda ham olib borilib, berilgan ko’rsatmalarning ijrosi ta'minlanayotir.
Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Umidjon Qosimovning bizga yozishicha, ayni kunda mahalladagi yetim va ota onasidan erta ajralgan 18-yoshgacha bulgan yoshlarimiz hamda tabiiy va favqulodda vaz'iyatlar qurbonlari bulgan oilalar hol-ahvolidan mahalla fuqarolar yig’inlari - beshlik xodimlari xabar olishmoqda va mahalladagi OShP patronaj hamshiralari bilan birgalikda xatlov jarayonida kerakli tavsiyalar berib, tibbiy ko’riklar o’tkazishmoqda. Xatlov jarayonlari tumanimizning barcha mahallalarida tizimli olib borilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram