Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-07-20 19:01:18    141

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Nogironligi bo’lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

“Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023 yilda:

muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi bo’lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta'minlanadi.

2023 yil 1 sentyabrdan nogironligi bo’lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya vositalari bilan ta'minlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023 yil 1 maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi bo’lgan bolaga g’amxo’rlik qilayotgan shaxslarga:

bolaning yonida bo’lish uchun sharoit yaratiladi;

mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi bo’lgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi bo’lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat bo’limi yaratiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram