Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAQIR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA 8 KILOMETRDAN ORTIQROQ ICHKI YO’LLAR ASFALTLASHTIRILADI

×

 2023-07-20 18:51:30    112

PDF yuklash
Chop etish


Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida 8 kilometrdan ortiqroq ichki yo’llar asfaltlashtiriladi

Tumanimiz hududlarida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Davlat dasturlari va maxsus loyihalar tufayli bugun hududlardagi muammolar bartaraf etilyapti, asosan ta'mirtalab bo’lib qolgan yo’llar va mahallalarning ichki ko’chalari ta'mirlanib, zamonaviy ko’rinish olmoqdla va bu albatta, xalqimizning quvonchiga sabab bo’layotir.

Tumanimizning Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida ham bugun ichki ko’chalar asfaltlashtirishga tayyorlanmoqda. Ayni kunda tuman yo’lsozlari tomonidan ushbu mahalladagi ko’chalarga shag’al qoplamasi yotqizilmoqda.

- Shag’allashtirish ishlarini oxiriga yetkazib, ushbu mahallaning ichki ko’chalariga manzilli dastur asosida asfalt qoplamasi yotqiziladi. Mazkur mahallaning asfaltlashtirish loyihasiga kiritilgan ichki ko’chalarining umumiy uzunligi 8 kilometrdan ortiqroq masofani tashkil etadi, - deydi tuman yo’lsozlik idorasi mas'uli Zafarjon Mirzoyev.

Ayni kunda ichki ko’chalarning 3 kilometrdan ortiqroq qismi shag’allashtirib bo’lindi. Yaqin kunlarda asfaltlashtirish ishlari mazkur mahallada boshlab yuboriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram