Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-07-19 18:34:59    134

PDF yuklash
Chop etish


Nodavlat ta'lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o’qiyotgan yoshlarga ta'lim kreditlari ajratiladi

27.02.2023 yildagi 79-sonli Hukumat qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi hisobidan nodavlat ta'lim tashkilotlarining o’quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta'lim krediti ajratish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko’ra, ta'lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo’lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza;

kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo’lgan nodavlat ta'lim tashkilotlari o’rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o’quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);

ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo’yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo’lgan yoshlarga ajratiladigan ta'lim krediti bo’yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo’lgan yoshlar uchun);

bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar.

                So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram