Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLARNI ANIQLASH VA ULARNING MILLIY BAZASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA XATLOV O’TKAZISH YO’RIQNOMASI BO’YICHA YIG’ILISH O’TKAZILDI

×

 2023-07-19 18:16:42    193

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo’yicha xatlov o’tkazish yo’riqnomasi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida Farg’ona viloyati hokimligi vakillari, mahalla beshliklari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo’yicha xatlov o’tkazish yo’riqnomasi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Aytish lozimki, ayni kunda Respublikamizda ushbu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimligi vakili Shohidbek Aslonov va tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidovlar xatlovning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining to’liq bazasini shakllantirish ekanligini asosli misollar bilan tadbir ishtirokchilariga tushuntirdi. Qayd etildiki, xatlov natijasida hech bir ma'lumotlar bazasi bilan qamrab olinmagan aholini aniqlanib, bu aholi bilan ijtimoiy xodimlar ishlash tizimi joriy qilinadi va amalga oshirilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va davriyligi tahlil qilinadi.

Viloyat hokimligi vakili mazkur tadbir davomida mahalla beshliklarini mas'uliyat bilan ishlashlari muntazam nazoratga olishini aytib o’tdi. Barcha islohotlar “Insonni qadri uchun” degan g’oya asosida amalga oshirilayotganligi, Prezidentning quyi tizimdagi vakili bo’lgan mahalla raislariga katta ishonch bildirilayotganligiga alohida urg’u berib o’tdi.

Shuningdek, mahalla raislariga hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari ko’makdosh bo’layotgani ta'kidlandi. Raislar tashabbusni qo’lga olib, har bir yordamchilar bilan ish tashkil qilib, hudud aholisini qarzdorlikdan, kambag’allikdan chiqarish, ishsizlikni yo’qotish, yoshlarni bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha muhim vazifalarni belgilab olishlari bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbir oxirida xatlov o’tkazilishiga biriktirilgan rahbarlar va xatlovda ishtirok etadigan sohalar vkillari tanishtirildi. Tadbirda mahalla raislari tomonidan bildirilgan fikrlar ham inobatga olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram