TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2023-07-19 18:10:13 221
TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO’LIB O’TDI
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 74-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektorlari rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga raislik qilgan tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev sessiyani ochib, ishtirokchilarga kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Sessiya kotibini saylangandan so’ng ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishdilar.
Kun tartibidagi birinchi masala - jinoyat ishlari buyicha Sux tuman sudining 2023 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqarolar xuquqlari va erkinliklari, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo’riklanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir fa'oliyati to’g’risida jinoyat ishlari buyicha So’x tuman sudi raisi Sherzodjon Madumarov axborot berdi.
Kun tartibiga qo’ilgan ikkinchi masala - fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi hamda Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shunindek yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir fa'oliyati to’g’risida fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi Shermuhammad Abdullayev axborot berdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21 noyabrdagi PF-6118-sonli farmonining 4/1 bandi ijrosi bo’yicha Farg’ona viloyati majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi tomonidan 2023 yil birinchi yarim yilligi davomida qilgan ishlari yuzasidan so’z Byuroning So’x tuman bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Jamshed Mirhisenovga berildi va ma'ro’zachi masala bo’yicha sessiya ishtirokchilariga to’liq ma'lumot berdi.
Sessiya kun tartibidagi to’rtinchi masalaga doir, ya'ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumanidagi xalq qabulxonasi mudirining 2023-yilning ikkinchi chorak davomida sektorlar hamda tumandagi mahalliy ijro organlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti tinglandi. Masalaga doir keng ma'ulmotlarni tuman Xalq qabulxonasi mudiri Botirov Mamirjon sessiya ishtirokchilariga yetkazdi.
Sessiya kun tartibidagi beshinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8-iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi 6243-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23-noyabrdagi “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 709-sonli qarori ijrosi yuzasidan ishtirokchilarga tuman hokimining o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekov ma'lumot yetkazdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlimi Senati Kengashining 2023 yil 25-martdagi KQ-476-IV- sonli Qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalari qabul qilingan bo’lib, ushbu masala tuman Kengashi sessiyasining navbatdagisi sifatida muhokama etildi. Bu bo’yicha Kengash raisi, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ma'ro’za qildi va mazkur qoida deputatlarga o’qib eshittirildi va bir ovozdan ma'qullandi.
Sessiyada shuningdek, deputat Subhonali Nishonov tomonidan tumanning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida olib borilayotgan ishlar to’g’risidagi taklif ma'qullanib, muhokama etildi. Bu bo’yicha deputat Subhonali Nishonov so’zga chiqib, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida asfaltlashtirish loyihasiga kiritilgan ichki yo’llarning umumiy masofasi aslida faqrq qilinishi, ya'xni kam ko’rsatilganligi va ushbu muasalaga mutasaddilar tomonidan aniqlik kiritish lozimligini qayd etdi. Bu bo’yicha tuman hokimligi yetakchi mutaxassisi Oxonjon Oxonjonov so’zga chiqdi va loyihalarda yo’l qo’yilgan xatoliklar isloh qilinayotganini ta'kidladi.
Sessiya kun tartibga qo’yilgan masalalar bo’yicha ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 74-sessiyasiga yakun yasaldi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram