XALQ QABULXONASIDA TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI O’TKAZILDI
2023-07-18 17:34:49 137
Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi
So’x tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo’yicha navbatdagi qabul o’tkazildi.
Mazkur qabulda jami 19 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, sog’liqni saqlash, mahalla obodonchiligi, elektr va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yxatga olinib 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
4 ta murojaatga nisbatan huquqiy maslahat berildi va qolgan 10 ta murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram