Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIZ VATAN TAQDIRI VA UNING RAVNAQIGA BEFARQ EMASMIZ

×

 2023-07-18 17:18:16    146

PDF yuklash
Chop etish


Biz Vatan taqdiri va uning ravnaqiga befarq emasmiz


2023 yilning 9 iyul kuni Respublikamizda muddatidan ilgari Prezident saylovi bo’lib o’tdi. Yangi O’zbekistonning rivojlanishi, uning ravnaqiga befarq bo’lmagan har bir fuqaro ushbu siyosiy jarayonda faolligini namoyish etib, o’z siyosiy irodasiga tayanib, munosib nomzodiga o’z ovozini berdi.


Saylovlar So’x tumanimizda katta tantana va zo’r kayfiyatda bo’lib o’tdi. Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va uni uyushqoqlik bilan o’tkazish o’rtasidagi muddatda aksariyat mutasaddi rahbarlar o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar.


Saylov jarayoniga tayyorgarlik ko’rish davomida tumandagi mavjud 30 ta saylov uchastkalari binolarini tadbirga tayyor holatga keltirilishi va komissiya a'zolarini  malakasini oshirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Saylov uchastkalarining aksariyati umumiy o’rta ta'lim maktablarida joylashgani bois, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mutasaddilari siyosiy jarayonga tayyorgarlik jarayonida astoydil harakat qilishdi. Mamlakat hayotidagi siyosiy jarayonda ushbu soha vakillari namuna ko’rsatdilar.   


Jumladan, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnoza Usmonova tomonidan uchastka saylov komissiya a'zolarining  malakasini oshirish davomida saylov qonunchiligida belgilangan ko’rsatma va talablar bo’yicha barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Ushbu siyosiy tadbirni tashkil etishda har tomonlanma yaqindan amaliy va huquqiy yordam ko’rsatib kelganliklari  o’z samarasini berdi.


Bugungi kunda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri sifatida faoliyat olib borayotgan Gulnoza Usmonovaning siyosiy tadbirlardagi faolligi e'tirof etishga loyiq. Men ushbu siyosiy jarayonga daxldor shaxs sifatida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudirining kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman. 


Kelajakda Vatanimiz hayotidagi bunday mas'uliyatli tadbirlarni mana shunday uyushqoqolik va kayfiyatda o’tkazilishiga ishonchim komil.    Vatanimiz kelajagi bo’lgan navqiron avlod vakillariga ta'lim-tarbiya berish kabi mashaqqatli va sharafli ishlarida Yaratgandan kuch-g’ayrat tilab qolamiz.


Ibrohimjon Ahmadov - tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha maslahatchisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram